Bitta haqiqat manbasi
Ombor, sotuv va buxgalteriya bitta bazadan o'qiydi. «Sizda boshqa raqam, bizda boshqa» degan bahs tugaydi.
ERP tizim / Korxona boshqaruvi
Excel jadvallari, 1C va alohida dasturlar o'rtasida ma'lumot yo'qolayaptimi? ERP butun korxonani bitta bazaga yig'adi: xaridan omborga, ishlab chiqarishdan sotuvga va moliyagacha — har bir raqam bir marta kiritiladi va hamma joyda to'g'ri turadi.
ERP tizim nima?
ERP — korxonaning xaridlar, ombor, ishlab chiqarish, sotuv, moliya va kadrlar jarayonlarini bitta ma'lumotlar bazasida birlashtirib boshqaradigan tizim.
ERP (Enterprise Resource Planning) — korxonaning barcha resurslarini bitta tizimda boshqaradigan dastur. CRM faqat mijoz va sotuv bilan ishlasa, ERP undan kengroq: xaridlar, ombor, ishlab chiqarish, moliya, kadrlar va hisobot — hammasi bitta ma'lumotlar bazasida bog'langan holda yuritiladi.
Ko'p korxonada bugun holat shunday: sotuv Excel'da, ombor daftar yoki alohida dasturda, buxgalteriya 1C'da, ishlab chiqarish esa usta boshining xotirasida. Natijada har bir hisobot qo'lda yig'iladi, raqamlar mos kelmaydi va qaror kechikadi. ERP aynan shu bo'shliqni yopadi.
Innosoft Systems tayyor «qutidagi» ERP sotmaydi — biz korxonangizning haqiqiy jarayonini o'rganib, tizimni shunga moslab quramiz. Modullar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi: avval eng og'riqli joy (ko'pincha ombor yoki ishlab chiqarish), keyin qolganlari. Shunda ishlab chiqarish to'xtamaydi va xodimlar tizimga asta-sekin o'rganadi.
Qisqacha
Nima uchun o'sgan korxona Excel va alohida dasturlardan voz kechadi:
Nega kerak
ERP — dastur emas, boshqaruv usuli. Quyida u aniq nimani hal qiladi.
Ombor, sotuv va buxgalteriya bitta bazadan o'qiydi. «Sizda boshqa raqam, bizda boshqa» degan bahs tugaydi.
Xom ashyo, ish haqi, energiya va logistika bir mahsulotga yig'iladi. Qaysi mahsulot foyda keltirayotgani raqam bilan ko'rinadi.
Qoldiq real vaqtda, inventarizatsiya tez, kamomad va ortiqcha zaxira darhol ko'zga tashlanadi.
Buyurtma → xom ashyo → bosqichlar → tayyor mahsulot. Muddat va yuklama oldindan ko'rinadi, kechikish kamayadi.
Boshqaruv paneli: sotuv, qarzdorlik, ombor, ishlab chiqarish yuklamasi. Hisobot so'rab kutish shart emas.
Yangi filial, ombor yoki yo'nalish qo'shilganda tizim kengayadi — jarayonni yana Excel'ga qaytarish kerak bo'lmaydi.
Kimlar qiladi
Jarayoni murakkablashgan va Excel bilan boshqarib bo'lmay qolgan tashkilotlar.
Xom ashyo, retsept/kalkulyatsiya, ishlab chiqarish bosqichlari, brak va tayyor mahsulot hisobi.
Ko'p ombor, dilerlar, individual narxlar, qarzdorlik va yetkazib berish nazorati.
Obyektlar bo'yicha smeta, material sarfi, pudratchilar va bajarilgan ish aktlari.
Mavsumiy xarid, saqlash, qayta ishlash va partiyalar bo'yicha kuzatuv.
Avtopark, yoqilg'i, marshrut, ta'mirlash va reyslar bo'yicha xarajat hisobi.
Filiallar o'rtasida tovar harakati, markazlashgan narx siyosati va yagona hisobot.
Namunalar
Har bir tizim noldan: jarayon tahlili, dizayn va texnik qismi biz tomonimizdan tayyorlangan.
Narxlar
Narxlar oshkora va bir martalik. Foydalanuvchi soni uchun oylik to'lov olinmaydi.
Core
Ombor va sotuv moduli
45 000 000so'mdan
3–5 oy
Excel'dan chiqib, ombor va sotuvni tartibga solish
Core'ni tanlashEnterprise
To'liq korxona boshqaruvi
90 000 000so'm
6–10 oy
Ishlab chiqarish, moliya va ko'p filialni bitta tizimga yig'ish
Enterprise'ni tanlashHolding
Individual yechim
Kelishuvasosida
Loyihaga qarab
Bir nechta yuridik shaxs, ishlab chiqarish majmuasi va murakkab integratsiya
Taklif so'rashNarxlar 2026-yil uchun ko'rsatilgan; yakuniy hisob-kitob bepul jarayon tahlilidan keyin, modullar va integratsiyalar ro'yxatiga qarab tasdiqlanadi. To'lov modullar bo'yicha bosqichma-bosqich. Server yoki bulut xarajati alohida bo'lib, provayderga to'g'ridan-to'g'ri to'lanadi.
Nimalar kiradi
Bular alohida to'lanadigan «qo'shimcha» emas — bazaviy tarifda ham bor.
Jarayon
Bosqichma-bosqich: bir vaqtning o'zida butun korxonani to'xtatmaymiz.
Bo'lim boshliqlari bilan birga jarayonlarni chizamiz: material qayerdan kelib, qanday yo'l bosib, qanday hujjat bilan yopiladi.
Eng og'riqli joy aniqlanadi va birinchi bo'lib shu modul ishga tushiriladi. Qolganlari yo'l xaritasiga yoziladi.
Figma'da interfeys. Xodimlar sinab ko'radi — noqulaylik kod yozilmasdan tuzatiladi.
Modullar navbat bilan ishlab chiqiladi va har biri alohida ishga tushiriladi. Integratsiyalar (1C, bank) ulanadi.
Eski baza ko'chiriladi, bir muddat eski va yangi tizim parallel ishlaydi — raqamlar solishtiriladi.
Korxona to'liq yangi tizimga o'tadi. Birinchi oylarda foydalanish kuzatiladi va tuzatishlar kiritiladi.
Savol-javob
ERP joriy qilish bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga qisqa javoblar.
Bepul konsultatsiyada jarayonlaringizni ko'rib chiqamiz, qaysi moduldan boshlash kerakligini aytamiz va aniq narx bilan muddatni belgilaymiz. Majburiyat yo'q.